Pullik 3d modellarni telegram kanaldan tekinga olish

Assalomu alaykum! Men Arxitektor va dizaynerman. Asosan interer extrer dizayni bilan shug‘ullanaman. Bu dizaynlar uchun menga 3d modellar kerak bo‘ladi. Ushbu 3d modellar o‘zining asosiy saytida pullik, ammo telegram kanallarda bepul. Shu bepul 3d modellardan foydalanishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha modellarni asl muallifiga aloqaga chiqib holatni tushuntiring. Agar o‘sha bepul kanallardan olishingizga norozi bo‘lsa ishlatmang. Vallohu a’lam!

13 Dekabr 2023, 12:06 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar