2572-savoldan
Assalomu alaykum! Agar kishi maq’adi – dumbasini bosmay uxlasa, tahorati ketadi. Misol uchun, yonboshlab, chalqancha tushib, erga ko‘ksini berib yoki maq’adini erga bosmagan holda bir narsaga suyanib o‘tirib uxlasa, tahorati ketadi. Agar orqasini erga bosib (ya’ni o‘tirib) yoki ulov ustida uxlasa, tahorat ketmaydi. Kanalda shuni o‘qib qoldim. Odatda ko‘p kuzatiladigan holat studentlarning partaga boshini qo‘yib uxlashi masalasini so‘ramoqchi edim. Uning holatidi maq’adi – dumbasini bosgan bo‘ladi, lekin partaga boshini qo‘yib suyangan bo‘ladi. Parta olib tashlansa yiqilsa ham kerak. Lekin maq’ad bosilishi jihatidan qarasak el chiqmaydi deb o‘ylab ikkilanib qoldim. Shunga aniqlik kiritsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz masaladagi yana bir shart ya’ni suyanib uxlasa va suyangan narsasini olib tashlasa yiqilish shartiga qarang. Talabaning siz aytgan suratdagi uyqusi tahoratni buzadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar