Kredit kartasi
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men chet elda ishlayman. Bu erda maosh olish, kommunal to‘lovlar va shu kabi ko‘p pul muomalalari bank orqali amalga oshiriladi. So‘ramoqchi bo‘lganimni qisqaroq yozaman, ba’zi hollarda kredit tarixi so‘ralib ham turadi. Hatto shusiz ish bitmasligi ham mumkin. Kredit tarixi bo‘lish uchun bankdan mening nomimga kredit kartasi beriladi va bir oy mobaynida ma’lum miqdorda pul ishlatib, shu oy ichida pulni bankka qaytarsam foizi yo‘q. Ammo shu oy ichi qaytarolmasam foiz qo‘shiladi. Bu kartadan foizsiz vaqtida foydalanib turish joizmi, kredit tarix ko‘rsatish uchun? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzrimni qabul qiling, beminnat xizmatingiz uchun Alloh rozi bo‘lsin, umringizni barakotli qilsin, tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Riboga aralashmasa bo‘laveradi.
26 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Riboga aralashmasa bo‘laveradi.
26 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar