Muqovasida halol deb yozilgan mahsulot haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Biz Rossiyadamiz, bir birodarimiz tovuq go‘shtidan taom pishirib sotadi. Ular Amerikadan kelgan halol belgisi bor mahsulotlardan taom tayyorlashadi. Savol shuki: bir-ikki insonlar aytishibdi, buncha narsani odam shar’iy so‘ya olmaydi, texnikalar yordamida so‘yishadi deb. Bu birodarlarimiz, muqovasiga qarab, musulmonlarga halol diyishadi. Shu to‘g‘rimi? (Qanday bilamiz halolligini? Iltimos yordam bering )
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Surishtirish kerak. Sotadigan tarafdan so‘rab bilsa, bo‘ladi. Siz turgan Rossiyada halol standart ishlaydi.

26 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar