Ilm olish haqidagi taklifga qo‘shilib

Alloh sizni, ahlingizni va shogirdlaringizni O‘z panohida asrasin! Dinimiz yo‘lida hayrli ishlaringizni munosib taqdirlasin! Ikki dunyongizni obod qilsin! Bizni ham ikki dunyoda ham sizdek zotlarga yaqin qilsin! Hazrat, ko‘pgina birodarlarimizdan onlayn ilm olish haqidagi tushayotgan taklifni quvvatlayman. Bu biz muslimalarga ham ayni muddao bo‘lardi. Ustoz izlab, ko‘chaga chiqmasdik. InshaAlloh, uyda o‘tirib ilm olardik! Hazrat, Alloh uchun va O‘zining madadi bilan shu ishni ham o‘zingiz boshchilik qilib amalga oshirsangiz, juda hayrli ish bo‘lar edi. Alloh barchamizga ilmimizni ikki dunyoda ham manfaatli qilsin! Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bugun majlisda ushbu masala muhokama qilindi. Texnik xodimlarga tayyorgarlik ko‘rish topshirildi. Ustozlar taklif qilindi. Duo qilib turinglar. Alloh taolo oson qilsin!

26 May 2022, 18:42 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar