Nikoximiz bog‘langanmi
Assalomu alaykum! Biz turmush qurmasimizdan avval erim uyga sovchi yuborganla va dadamla rozi bo‘lganla lekin to‘yga mablag‘ yo‘qligi sabab biz rassiyaga ishlashga borganmiz. U erda bir muddat o‘tgach bazi sabablarga ko‘ra nikox o‘qitishga qaror qildik. Domla musulmon 5 vaxt namoz o‘qirdi. Lekin tojik edi. Biz ota onamizdan to‘ydan oldin nikox o‘qitishga qo‘rqqanligimiz sababli ota-onamizdan so‘ramasdan ishdagi xamkasblarimiz guvoxligida nikox o‘qitdik. Men o‘zimni tuqqan onamdan ruxsat olgandim lekin ula dadam bilan ajrashganla. Nikox 8-martda o‘qildi va men aprel oyida xomlador bo‘ldim. Xomila 3 oylik bo‘lgach o‘zb ga kelib ota-onalarimizga bo‘lgan voqelarni aytib to‘y qildik. Lekin o‘zbekistonda qayta nikox o‘qilmadi. Hozir 2 ta farzandim bor erimni uyidaman xaliyam. Lekin nikoximiz bog‘langanmi o‘sha vaqtda rossiyada va xozirgi vaqtda qayta o‘qitish joizmasmi bilolmayapman. Shu masalada yordam beringlar. Birinchi farzandim xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha to‘ydan oldin o‘qitilgan nikoh durust bo‘lgan bo‘lsa, muammo yo‘q. Nikoh durust bo‘lishi uchun 1. Guvohlar. 2. Iyjob va qabul. 3. Mahr belilanishi lozim. Shular topilgan bo‘lsa nikohingiz o‘tgan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush