Qishlog‘imiz "imom"i
Assalomu alaykum! Bizni qishloq imomining xotini qishloqning otin oyisi va u Bibi seshanba, mushkul kushod va yana shunga o‘xshagan shirk marosimlarni qishloqdagi odamlarga o‘tkazib beradi, albatta bundan eri ya’ni qishloq «imomi» xabardor, lekin qishloq odamlarini bu shirk ishlardan qaytarmaydi umuman. Shirk amalga rozilik bildirayotgani «imom»ning o‘zini ham shirk keltirayotganligi emasmi? Bunday odamning ortidan namoz o‘qish mumkin emas deb o‘ylayman, qishlog‘imda masjid bo‘lsa ham bunday «imom»ning ortidan namoz o‘qimasdan uyda namoz o‘qishim to‘g‘rimi? Yoshim 23 da, men odamlarga bu ish shirk ekanini aytsam ham meni gapimga «Ee» deb qo‘yishadi yoki har xil bahona qilib o‘z bilganlaridan qolishmaydi. “Imom” esa shirk amallardan nahiy qilmaydi afsuski? Biz tomonlarda ya’ni Qashqadaryo viloyati qishloqlarining juda ko‘p qismida nafsiga qul chala mullalar sababli ahvol shunday. Odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan haqiqiy olimlar qishloqlarda deyarli yo‘q. Afsuski omi xalq din shu ekan deb bu «mulla»larning izidan ketyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun siz va siz kabi g‘ayratli yigitlar madrasalarga o‘qishga kiringlar hamda imom bo‘lib o‘sha ishlarni bartaraf qilishni harakatida bo‘linglar. Shunday qilishning o‘zi hozirgi kunning farz darajasidagi ishidir. Kimgadir murojaat qilganingiz bilan ish bitmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda