Qur’onni yodlashda sanoq qilish
Assalamu alaykum.Savollar.islom.uzning eski saytiga berilgan bir savolga Abdubosit qori aka "Sanoqlarning soni uch yuztadan ko‘p bo‘sa bo‘lsinki aslo undan kam bo‘lmasligi kerak" degan ekanlar (https://islom.uz/savollar/smf/index.php/topik,33247.0.html). Alhamdulillah, kamina o‘rtacha 30-40 marta sanoq qilish bilan yod olayapman. Yodlaganlarimning barchasini, imkon qadar har kuni, mushafdan yoki yoddan takror qilib borayapman. Shunday ekan, men yod olishda 300 marta sanoq qilmasam ham bo‘ladimi? Doim takror qilib tursam keyinchalik yodimdan chiqib ketmaydimi inshaalloh?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ko‘pchilik qisqa muddat ichida Qur’onni yodlab olishni orzu qilishadi. Bunday ulug‘ maqomga tezroq noil bo‘lishni istaydilar. Lekin ko‘pincha bunday qisqa muddatda yod olishni oqibati ikki narsa bilan tugaydi. Birinchisi-oldindan rejani puxta, ya’ni har kuni buncha oyat yoki buncha betdan yod olaman, shuncha sanoq qilaman, ma’lum bir kunni faqat yodlaganlarimni takror qilaman, shunda bir oyda buncha bo‘ladi deb ahd qilib olmasdan yodlashni boshlashadi. Avvaliga yaxshi ketayotganga o‘xshaydi. Lekin vaqt o‘tishi bilan asta-sekin bu uslub qiyinlik tug‘dira boshlaydi. Natijada zerikish paydo bo‘la boshlaydi. Nazarida hech oldiga yurmayotgandek tuyuladi. U erdan bu erdan yodlab ko‘rishni boshlaydi. U ham bo‘lmagach, to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Barchasiga sabab, muddatni belgilab, maqsadni aniq tomonga yo‘naltirmasdan bunday sharafli ishga qo‘l urganligi bo‘ladi. Ikkinchisi-Qur’onni tez tugatib olish maqsadida vazifani misol uchun bir betdan boshlaydi. Buni uddalagach, ikki betga o‘tadi. Buni ham eplagach, 3,4 hatto 10 betga ko‘tarilib boradi. Vazifa qancha ko‘paygani sari Qur’onni puxta yod olishning asosiy omili bo‘lmish sanoq qilishga ahamiyatsizlik boshlanadi. Boshida 300 ta o‘qiydi. Ikki betga chiqgach, ikki betni 300 tadan o‘qishga imkon qila olmaydi. Bunga vaqt ham yo‘l qo‘ymaydi. Natijada sanoqni kamaytira boshlaydi. Bora-bora vazifani 20-30 ta bilan tugatishga o‘tadi. Shu yo‘sinda Qur’onni tugatadi. Lekin sanoqga xiyonat qilganligi sababli, orqada yodlab o‘tgan joylarini qaytarib o‘qiganda, o‘zini xuddi ilk marotaba o‘qiyotgandek batamom esidan chiqqan holatda topadi. Shu bilan undan qancha muddatda yod olgan bo‘lsa, endi qayta yodlab uni pishirish uchun shuncha muddat sarf qilish talab etiladi. Yuqorida berilgan savolga javob o‘laroq, siz aziz Qur’on shaydolariga bir kichkina "Qur’onni 300 kunda yod olish" jadvali tayyorlandi. Toki Qur’on yodlashimizdagi qiyinchiliklar engilliklarga almashsin. Oramizda tirik Qur’onlar, Allohning ahllari ko‘paysin, buni Alloh hammamizga manfa’atli qilsin. https://www.2shared.com/complete/mlm8EJp3/300_kun.html
26 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar