Ilohiy tush

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh ilmingizni va umringizni ziyoda qilsin. Savolim, Hazrat men bundan bir necha yillar oldin Ramazon oyida bir ilohiy tush ko‘rgan edim.Tushimning tabirini bilish uchun bir ilmli kishining (u kishi tushlar tabiridan ozroq xabardor) oldiga bordim, aslida ko‘rgan tushim tabirga hojati ham yo‘q edi, yaxshiroq bilib olish niyatida u kishiga tushumni aytganimda shoshmang, bunaqa tushlarni tahorat olib eshitish kerak dedi. Men yana qaytadan aytib berdim, u kishi tushimni to‘liq eshitib bo‘lib, o‘zining hujrasiga kirib ketardi, keyin chiqib yana takror aytishimni iltimos qilardi va hujrasiga kirib ketardi. Bu holat bir necha marta takrorlandi. Men bir gal orqasidan kuzatdim, u kishi hujrasiga kirib qanaqadir duolarni o‘qir, qo‘llarini baland ko‘tarib yuzlariga surtar va yana qanaqadir amallar qilardi va chiqib yana so‘rardi. 1 Ustoz u kishi qanaqa amal qilgan? 2 Boshqa bir kishi ko‘rgan tushni o‘z foydasiga singdirib olish mumkinmi? Ustoz Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. U odam sizga o‘zini bilmdon qilib ko‘rsatish uchun qalbaki harakatlar qilgan. 2. Mumkin emas.

26 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar