Ro‘zani kechiktirib tutdim

Assalomu alaykum! Ro‘zami 23-kunida ertalap bee’tiborligim sababli 6 minutka kech yopdim. Alloh kechirsin va shu kuni qattiq shamollap peshindan keyin issig‘im chiqip tura olmiydigan darajada shamollapman. Albatta bu 1 kun oldin boshlanuvdi. Soat 17.40 larga borip tomoq va bosh og‘rishi chidolmiydigan darajaga etti va issig‘im qattiq ko‘tarildi. Shu sababli ro‘zammi ochishga majbur bo‘ldim Alloh kechirsin. Shu tariqa 2 ta dori ichdim. Men yaxshi bilamanki gunox qildim va bu 1 kunni o‘rniga necha kun qazo tutaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat shu darajada bo‘lsa buni uzrli deyiladi. Bir kuniga bir kundan qazosini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar