Ruxsat bering iltimos

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Allox Islom dini yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizdan rozi bo‘lsin! Yaqinda Denov shahridagi kitobxonangizdan "Kur’oni Karim"diskini to‘liq sotib oldim, 6ta disk bo‘lib, 65 soatdan ortiq vaqtda eshitib tugatish mumkin bo‘lar ekan. Uyda kompyuter bor, lekin qishloq sharoitida svet muammosi og‘ir, juda-juda eshitgimiz kelganidan kompyuter xotirasiga joylab keyin flesh kartaga ko‘chirib oldim, kompyuter xotirasidan batamom o‘chirib tashladim. Hozir har kuni eshitamiz oilamiz bilan, lekin shubhadan ko‘nglim to‘lmayapti, birovga o‘tkazib bermayapman, disklarni kelajak avlodga etkazishimiz kerak deymanu yana Shayx Hazratlari nusxa olishning barcha turlari shar’iy xarom debdilar, nima qilsam ekan deb boshim qotayabdi. Ustoz oldingizda o‘zimni gunohkorday sezayapman, nima qilay? Ruxsat bersangiz, eshitaylik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur diskning rasmiy egalari boshqa odamlar. Uni tayyorlagan, soliq to‘lagan va boshqa sarf xarajatlarni qilganlardan so‘ralsa yaxshi bo‘ladi.

26 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar