Namoz va ota ona aytilgan joyda ishlash
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh barchalaringizdan rozi bo‘lsin. Sizlarni bizlarga etkazgan Allohga xamdu sanolar bo‘lsin. Maslaxatingizga juda muxtojman. Men Rossiyada xolamning o‘g‘lini qo‘lida ishlayman. Libos do‘konida sotuvchiman. Do‘konda noshariy liboslar xam sotiladi. Bu erga ota onamning roziligi uchungina kelgan edim. Chunki ota onam buni juda xoxladilar. Bu kasb shubxaliroq desam xam tushunishmadi. Shuni deb uyimiz bir necha bor notinch bo‘ldi. Oxir oqibat men Rossiyaga shu do‘konga kelishga rozi bo‘ldim. Endi musibat ustiga musibat bo‘lgandek xolamning o‘g‘li namozimni o‘z vaqtida o‘qishim uchun qarshilik qilayabdilar. Xozircha yashirib faqatgina farzini o‘qib olayabman. Lekin erta indin bilib qo‘yishi aniq. Endi men nima qilay, eyayotgan luqmamning shubxali ekanligidan kalbim bir og‘risa, namozlarim uchun xam yana og‘riyabdi? Bu joydan ketay desam ota onamning roziligini xam olishim kerak. Onamning sog‘ligi xam yaxshi emas. Yana meni deb og‘rib qolsachi. Boshim qotib qoldi Nima qilsam Allohimni rozi qilgan bo‘laman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Turgan joyingizdan hech kimga bildirmay solih insonlarni toping, ular bilan bog‘lanib yaxshi ish topishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 153 | Administrator
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Turgan joyingizdan hech kimga bildirmay solih insonlarni toping, ular bilan bog‘lanib yaxshi ish topishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 153 | Administrator