Masjidga chiqarilgan taomdan eyish
Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim takroriy bo‘lsa uzr, lekin izlab shunga o‘xshash savol topolmadim. Bizning masjidga ehson tariqasida tez-tez is (bo‘g‘irsoq) chiqarishadi. Namozxonlar esa, duo qilsa savob bo‘ladi deb o‘ylab, shunday qilsalar kerak, vallohu a’lam. Lekin ba’zi kishilar isni noto‘g‘ri niyat bilan qilishadi, masalan qo‘shnim bir kuni biznikiga is o‘tkazib, "ruhlarga atab qildim" deb berib ketdi. Qolaversa o‘sha bo‘g‘irsoqning mahsuloti halol pulga kelganmi yoki yo‘qmi bilmaymiz. Shuning uchun masjidga chiqarilgan bunday ehsonlarni emayman. Oling-oling qilib turishadi, indamay o‘tib ketaman. Shu to‘g‘rimi hazrat, yoki eyish mumkinmi? Shunday hollarda ehsondan eyuvchi boshqalar uchun ham hukmini so‘rayapman, uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatga xilof aqiyda bilan qilingan bunday “is” larni emagan ma’qul.
26 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatga xilof aqiyda bilan qilingan bunday “is” larni emagan ma’qul.
26 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar