NIYaT, IBODAT VA JAMOAT MASALALARI
Olamlar Robbi Alloh taologa beadad hamdlar, Uning bandasi va rasuli Muhammadga salomu-salovotlar bo‘lsin! U zotning sahobalaridan Alloh rozi bo‘lsin! Assalomu alaykum Shayx hazratlari, muhtaram ustoz!Sizlarga ayrim savollar bilan murojaat qilishga ijozat bergaysiz.1. “Jome ul mutun” kitobida 2 ta niyatni jam qilish haqida o‘qib qoldim. Unda aytilishicha, bir kishi masjidga kirib ham bomdodning sunnatiga ham tahiyyati masjidga niyat qilsa, niyati durustdir, deyilibdi. Menda savol paydo bo‘ldi: A) misol uchun tahorat qilgach nafl namozlardan ham shukru vuzu’ namoziga ham ishroq namoziga qo‘shib niyat qilsa bo‘ladimi? Bu bilan ikki namozni savobini topgan bo‘ladimi? B) Taxajjud ukiyotgan odam tong otganini bilib kolsa, ukigan namozi bomdodning sunnati urniga utadimi? 2. Muhtaram ustoz! Allohga shukrlar bo‘lsinkim, O‘zi xohlaganicha ilmdan istifoda qilib bormoqdaman. Namozlarni ham imkon boricha farz, vojiblarini va sunnatlarini o‘z o‘rnida bajo qilishga harakat qilaman. Qur’onni ham tajvid qoidalari asosida qiroat qilishga bor himmatimni sarf qilmoqdaman (ustozdan o‘tkazib olganman). Shunday holatlar ham bo‘ladiki, o‘zimdan yoshlari katta, lekin Qur’onni mendek tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o‘qiy olmaydi yoki namoz ruknlarini nihoyatda tez bajaradi (bu albatta o‘zimni birovdan ustun qo‘yish emas). Ularning orqasida namozni o‘qib bo‘lgach, qalbimda g‘ashlik paydo bo‘ladi, bu iqtido qilib o‘qigan namozim qabul bo‘ldimikin, deb. Imomlikka haqli kishilar tartibini yaxshi bilaman. Lekin o‘zimcha imomlikka o‘tishga u kishilarni oldida noqulaylik sezaman. “Kifoya” kitobingizdagi payg‘ambarimizning namozni shoshilib o‘qigan odamga nasihat tariqasida aytgan hadislari doimo ongimda takrorlanib turadi, shuning uchun namozni ruknlarini shoshmasdan, qiroatni dona-dona qilib, tartiyl bilan tilovat qilib o‘qishni yaxshi ko‘raman. Yuqoridagi holatlarda men namozimni o‘zim qaytadan o‘qib olishim kerakmi? Maslahat bering. 3. Masjidda jamoat namozi o‘qilayotganda farzdan keyingi sunnatlarni o‘qib bo‘lgach, qavmdagi odamlarning ko‘pchiligi ixtiyoriy ravishda tomoq qirish, yo‘talishni odat qilishgan (ya’ni orqadagilar namozni o‘qib bo‘lishdi ma’nosida). Buni eshitgan imom darrov o‘girilib, duo va tasbeh o‘qishni boshlaydi. Orqada esa hamma bilan teng namoz boshlagan hali namozlarini to‘la tugata olmagan namozxonlar namoz o‘qishayotgan bo‘ladi. Buni masjid qavmiga yoki imomga aytadigan odam esa topilmaydi. Bunday holatni qanday tuzatsa bo‘ladi. Yoki qavm va imomning bajargan ishlari to‘g‘rimi? 4. Juma namozining farzidan avvalgi sunnatida agar imom sunnatni tez o‘qib olib, orqasidagi namozxonlarni o‘ylamay, xutba o‘qish uchun o‘rnidan tursa va azon aytilib, xutba o‘qishni boshlasa, bu paytda esa jamoat ichida sunnatni to‘la o‘qib ulgurmagan odamlar bo‘lsa, ularning namozi nima bo‘ladi. Fiqh kitoblarida xutba paytida gapirish, farz namozining qazosidan tashqari nafl namoz o‘qish mumkin emas deyilgan. Ushbu holatga kitoblarimizda qanday fatvo berilgan? 5. Masjidda bir namozxon qibla tomonga qarab namoz vaqti kirishini kutib o‘tirgan bo‘lsa, uning orqasida bir odam namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, o‘tirgan odam orqasiga faqat boshi bilan (gavdasi bilan emas) o‘girilsa, uni orqasida turib namoz o‘qiyotgan odamning namozi buziladimi? Boshi bilan o‘girilgan odam gunohga qoladimi? 6. “Birovni o‘zidan ustun qo‘yish, ixtiyor qilish” (misol uchun namozda birinchi safga o‘tishni fazilati yaxshiligini bila turib, boshqani o‘rniga o‘tkazish, faqat o‘ziga etarli suvi bo‘la turib boshqa birovga uni tahorat qilishi uchun berish kabi ishlar, arabchada “Tarjiyh va iysor” deyilsa kerak adashmasam)ni bizning xanafiy mazhabimizda hukmi qanday? 7. Tavba yo‘liga kirganimdan keyin qazo namozlarimni o‘qishim lozimligini bilib oldim, endi uni qay tartibda o‘qishni maslahat bersangiz. Kitoblarda o‘qishimcha, qoldirgan qazo namozlar tayin qilib olinib, o‘shanga qarab o‘qiladi, deyilgan. Men hozirda jadval tuzib oldim. Uni yillarga bo‘lib, oy va kunlarga 5 vaqt namozni rak’atlarini yozib chiqdim. Menda quyidagi savollar paydo bo‘ldi:A) Qazoni o‘qishda misol uchun, 1998 yilgi bomdod namozining qazosini o‘qishni niyat qildim deb, niyat qilamanmi? Yo bo‘lmasam avvalgi yoki oxirgi qazoga qoldirgan bomdod namozini o‘qishni niyat qildim deb, niyat qilsam ham bo‘ladimi? Qaysi biri sahihroq?B) Qazolarni ado qilishda tartibga amal qilmay, ilojini boricha misol uchun bir kun faqat bomdod qazolarini, boshqa kuni peshin, asr, shom va xufton qazolarini jadvalga belgilagan holda o‘qisam bo‘ladimi? (jadvalimda misol uchun 1998 yil, yanvar oyida qazo qilingan namozlarni shunday tartibda o‘qib, to‘ldirgandan keyin boshqa oyning jadvaliga o‘tgan holda) 8. Ma’lumki barcha islomiy ilmlar iloji boricha ustoz vositasida o‘rganiladi. Qur’on tilovati bo‘yicha Allohga shukrlar bo‘lsinkim ustozim bor. Ulardan yod olganlarimni o‘tkazib olmoqdaman. Lekin aqiyda, fiqh va hadis ilmlaridan ustozim yo‘q. Hozircha o‘zim harakat qilib, kitoblardan o‘rganmoqdaman. Men ham o‘zimga bir ustoz ixtiyor qilmoqchi edim. G‘oyibona bo‘lsada sizni o‘zimning ustozim deganman. Lekin oramizdagi masofaning uzoqligi sabab sizni suhbatingiz menga hech nasib qilmagan. Sizdan iltimos menga bir ustozni ixtiyor qilishimda nimalarga e’tibor berishimni tushuntirsangiz. Ustozning yoshi, ilmi va taqvosi hamda ilmiga amal qilishi qanday bilinadi? Bu borada ko‘p bosh qotirdim. Bir necha marta istixora ham qildim, lekin qalbim hech qaysi bir o‘zim tanlagan ustozga moyil bo‘lmay turibdi. Sizning maslahatlaringizga muhtojman. Javob va e’tiboringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Boshqa kitoblarda ikki niyatni jamlash haqida gap yo‘q.Kishi masjidga kirishi bilan farz namozni yoki boshqa bir namozni o‘qisa, niyat qilmasa ham tahiyyati masjidning o‘rniga kifoya qiladi.2. imom bo‘lgan odamning namozi to‘g‘ri emasligini bilsangiz, albatta boshqa o‘qiysiz.3. Namoz o‘qiyotganlarga xalaqit bo‘lmasa, bo‘ldi.4. Albatta, imom domla bunga e’tibor berishlari kerak. Agar siz aytganga o‘xshash holat yuzga kelsa, namoz o‘qiyotganlar namozlarini tugataveradilar. 5. Yo‘q.6. Bu ish maqtalgan ishdir.7. A)Aniq bilinsa, avvalgi tarzda o‘qish afzal.b) Har namozdan avval yoki keyin o‘sha namozning qazolarini o‘qish tavsiya qilinadi.8. O‘sha ustozlikka nomzod odamni atroflicha o‘rganiladi. Ishonchli odamlarlar so‘raladi. Keyin ixtiyor qilinadi.
29 Aprel 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 226 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Boshqa kitoblarda ikki niyatni jamlash haqida gap yo‘q.Kishi masjidga kirishi bilan farz namozni yoki boshqa bir namozni o‘qisa, niyat qilmasa ham tahiyyati masjidning o‘rniga kifoya qiladi.2. imom bo‘lgan odamning namozi to‘g‘ri emasligini bilsangiz, albatta boshqa o‘qiysiz.3. Namoz o‘qiyotganlarga xalaqit bo‘lmasa, bo‘ldi.4. Albatta, imom domla bunga e’tibor berishlari kerak. Agar siz aytganga o‘xshash holat yuzga kelsa, namoz o‘qiyotganlar namozlarini tugataveradilar. 5. Yo‘q.6. Bu ish maqtalgan ishdir.7. A)Aniq bilinsa, avvalgi tarzda o‘qish afzal.b) Har namozdan avval yoki keyin o‘sha namozning qazolarini o‘qish tavsiya qilinadi.8. O‘sha ustozlikka nomzod odamni atroflicha o‘rganiladi. Ishonchli odamlarlar so‘raladi. Keyin ixtiyor qilinadi.
29 Aprel 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 226 | Boshqa ibodatlar