Voz kechilgan qarz

Assalomu alaykum! Bittasidan qarzim bor edi. Qarz bo‘lishdan oldin mani unga, uni manga xisobsiz o‘tganlarimiz bor. Mani unga o‘tgani ko‘proq dib xisobliman, lekin bu tema yopilgan va rozilashilgan. Xullas, undan qarz ogandim. Shu qarzimi uzish vakti keganda azgina qiynalib qoldim va u manga didiki yarmini qiber, qoganidan voz kechdim didi. Aytgan summasini bo‘lib bo‘lib qilib berdim. Rozilashdik, qarzim yopildi. Oradan 2-3 yil o‘tib, "manga bergan qarzimdan voz kechganimdan afsusdaman, qarzimmi qoganini kiber" didi. Man didimki "san voz kechdin, o‘shanda voz kechmaganinda xozirgacham qibergan bo‘lardim, endi oilam ro‘zg‘orim bor, uni ustiga kurs xam boshqa, usha paytdegi oyligimga qaraganda, qibermiman, sababi qarzim yo‘q" didim. Shu bilan bu tema yopildi. Qarz voz kechganiga guvoxlarimiz yo‘q, lekin o‘zi xam inkor qimayapti, voz kechganimdan afsusdaman didi. Endi vaqt o‘tib shu savol qiynavotti. Xaliyam qarzmanmi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yozganlaringizga ko‘ra u qarzning bir qismidan voz kechganiga o‘zi iqror bo‘lgan ekan. Shunga ko‘ra siz qarzdor emas ekansiz. Sizdan kechib yuborgan qarzini talab qilishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

4 Iyul 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 210 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar