Zavol sunnati haqida
Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Avval ham sizga bu mavzuda savol berilgan ekan. Lekin men bermoqchi bo‘lgan savolga javob topa olmadim. Oyim sizning Hadis va Hayot kitobingizning 7-juzidan (95-bet 89-6) zavol sunnati haqida o‘qib qolibdilar. Unda: Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: " Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Peshindan oldingi, bir salom bilan bo‘lgan to‘rt rakaat namozga osmon eshiklari ochulur", dedilar". Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Shundagi "bir tarafga salom bilan" jumlasiga tushuna olmabdilar. Savolim shuki, bu namozda bir tarafga salom berish bilan kifoyalanadimi? Savolimda kamchilik va xatolar bo‘lsa uzr so‘rayman. Alloh sizning ilmingizni barcha mo‘minlarga barakotli qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Eshiklar ochilish bir tarafga salom berish ila yuzaga chiqadi, degani.
26 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Eshiklar ochilish bir tarafga salom berish ila yuzaga chiqadi, degani.
26 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 165 | Namoz