5029-savol yuzasidan

Assalomu alaykum! Savolim 5029-savolga “Ramazonda tushlik puli”. @Savollar_kanal 5029-savol “Assalomu alaykum! Biz bozordagi do‘konlarda ishlaymiz. Ishga kirayotgan vaqtda tushlik do‘kon hisobidan deb kelishilgan. Allohga shukur ramazon oyida hammamiz ro‘za tutamiz, tushlik qilinmaydi, lekin pulini ham maoshga qo‘shib berishmaydi. Haqqimiz do‘konda qolib ketmayaptimi? JAVOB: – Va alaykum assalom! Tushlik deb kelishilganidan keyin tushlik qilinmasa nega sizni haqqingiz bo‘lar ekan. Vallohu a’lam!”. Berilgan javobni o‘qib birovni haqqini eb qo‘ymadimmi deb o‘ylanib qoldim. Kasbim usta. Amakivachcham bilan birga ishlayman. Hozirda 4 kishi bo‘lib ishlaymiz. Amakivachcham ish topib tushlik pulini ham gaplashadilar, o‘sha pullarga xom harajat olib kelib beradilar. Biz uni 3 mahal eymiz. Mana Ramazon oyida men obed qilmadim, lekin o‘sha puldan iftorlik va saharlik qildim. O‘sha eganlarim uy egasining haqqi bo‘lib qolmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uy egasidan so‘rang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:47 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar