Ro‘za tutolmaslik

Assalomu alaykum! Ro‘za oyi kirgandan buyon qoldirmasdan tutdim. Shu oxirgi 5 kun ichida oshqozonimda o‘zgarish bo‘lib, ozgina ovqat esam ham qattiq og‘riq bera boshladi. 3 kun e’tibor bermadim, lekin 4-kuni bu og‘riqdan yotib qoldim. Uyimdagilar bir oz ro‘za tutmasligimni, oshqozonim tuzalishini aytishdi. Bir oz muddat shu sababli ro‘za tutmay tursam gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunchalik og‘riqda ro‘zani kechiktirishingiz mumkin. Qoldirganlaringizni qazosini keyin tutib berasiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 10:20 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar