Achinarli holat

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Allohga hamdu sanolar bo‘lsinki, xozirgi kunda juma namozida masjidlarimizda jamoat ko‘payib bormoqda. Bu albatta quvonarli holat. Lekin anu shu jamoatni ichida uchrab turadigan achinarli holatni ham guvohi bo‘lyapmiz. Masjidga kelgan jamoatning ko‘pchiligi juma namozidan chiqib, masjiddan uzoqlashmasdan turib sigaret chekishadi. Eng achinarlisi shuki, juma namoziga kelayotgan jamoatning ko‘p qismi cho‘ntaklarida o‘zlari bilan sigaretalarini masjidga olib kirishmoqda va juma namozini o‘qishmoqda. Namozga kelayotgan namozxonlarning aksariyatining kiyimida har xil hayvonlarning, xorij futbol komandalarining (xristianlarning diniy ramzi tushirilgan krest shaklli) formalarini kiyib kelishadi. Savolim: ana shu holatda cho‘ntagida sigaret olib kirib biz bilan birgalikda namoz o‘qishlari bizlarning ham ibodatimizga ta’sir qanday? Iltimosim: Ustoz sidan iltimos, imom domlalarimizga aytsangiz, juma ma’ruzalarida shu haqida qisqacha jamoatimizni tartibga chaqirib qo‘yishsa degan niyatdaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- BU kabi mulohazalarni imom domlalar tez-tez takrorlab turishlari lozim. Chunki doimo yangi namozxonlarni qo‘shilib turishi bor. Ularga bildirish, bilganlarga eslatib turish zarur. Ammo ularning cho‘ntagidagi narsa boshqa namozxonlarga ta’sir qilmaydi.

26 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar