Bu ishim gunohmi?

Assalomu alaykum! Avvala barchangizdan Alloh rozi bo‘lsin. Men musofir yurtdaman, katta bazada qo‘riqchi bo‘lib ishlayman va kech bo‘lgach shu bazani svetini yashirincha o‘chirish kerak va ertalab yana kechgacha yoqish kerak. Bu ishni shu bazaning xo‘jayini yashirinchi menga qildiradi va shuni qilishlik evaziga meni ishga olgan. Menga hozirda mana shu ishim orqali rizqim kelib turipti, agar gunoh bo‘lsa mening eganim ichganim kiyganim harommi? Bu narsa meni juda qiynayapti 2). Men hozirda bomdod va xufton namozlarini o‘qiyapman, lekin menda etarlicha ilm yo‘q. Amru maruf qilishga yonimdagilarni namozga chaqirishga etarlicha ilmim yo‘q, payg‘ambarimiz aytganlaridek faqat qalb ila gunohdan qaytarishga qurbim etyapti holos. O‘zim namoz o‘qib ilmsizligim tufayli yonimdagilarni namozga chorlolmasam bu ham gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Gunohga yordam berish ham gunohdir. 2). Gunoh emas. Besh vaqtni o‘qishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar