Shialar namozi

Assalomu aleykum Men Samarqand shahrida yashayman. Bizda shia yo‘nalishidagi musulmonlar masjidi bor. Men bir jum’a kuni shaharda ishlar bilan band bo‘lib yurgan paytimda, vaziyat taqozosi bilan (ya’ni ularning masjidi eng yaqinligi uchun) ularning jum’a namoziga bordim, va ular bilan birga namoz o‘qidim. Savolim shuki: men sunna mazhabidan bo‘lib turib ular bilan vaziyat taqozosidan ular bilan namoz o‘qiganim to‘g‘rimi? Agar yana shunday vaziyat bo‘lib qolsa, ular bilan birga o‘qisam bo‘ladimi? Yana bir savolim: ular o‘zlarini zanjir bilan urishlari to‘g‘rimi. Bir eroni do‘stim biz zanjir bilan urganimizdan so‘ng 3 kundan so‘ng yarasi yo‘q bo‘p ketadi deydi. Shu to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh o‘z panohida saqlasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Iloji boricha ehtiyot bo‘lish kerak. Shaiy’a mazhabidagi ulamolar Oshuro munosabati ila bo‘ladigan motam morsimlarida o‘zini urish ko‘proq ovom xalqning ishi mazhabda buni targ‘ib qilinmaydi, deyishadi. Hozir bu ishning o‘rniga ko‘ngilli bo‘lib qon topshirish yo‘lga qo‘yilgan joylar bor.

28 Aprel 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 439 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar