Shu ishi to‘g‘rimi?

Assalamu alaykum! Bir kishi bir yaqiniga pul berib, “mana siz so‘ragan 1000$. Bozorda bug‘doy 600 so‘m, menga pulni qaytarayotganingizda bozordagi bug‘doy narxida berasiz” deydi. Bu akamiz dindor odam, lekin tushunmaganim shariatimizda shunday ko‘rsatma bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savoldan murod bir kishi kelib 1000$ qarz so‘rasa, beruvchi “Hozir bozorda bug‘doy 600 so‘m va bu pulga faloncha bug‘doy keladi. Siz pulni qaytarayotganingizda shu miqdorda bug‘doyning pulini berasiz” deyilganimi? Agar kelishuv shunday bo‘lsa, ba’zi ulamolar buni joiz deganlar. Ba’zilari esa joiz emas deganlar. Ehtiyoti, olgan pulni o‘zini qaytarib berish. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:01 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar