Majburlikdan yolg‘on hisobot beraman

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Men davlat tashkilotida ishlayman. Ishim hisobat yig‘ish va shu hisobotimni hisobotni qabul qilib oluvchi xodimga taqdim etishdan iborat. Hisobotimni yig‘ishim mobaynida haqiqatni ko‘rsatsam, ya’ni bor ma’lumotni bersam, hisobotimni qabul qiluvchi xodimlar "bu ma’lumotlaringiz bizga to‘g‘ri kelmaydi" deb qabul qilishmaydi va o‘zgartirib yolg‘on ma’lumot berishimni talab qilishadi. Men hisobotimni o‘zgartirib, yolg‘on ma’lumot berishga majbur bo‘laman. Shunday holatda ishlab topgan maoshim halolmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa ish topishga harakat qiling.

26 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar