Oilaviy zakot
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, biz oilada, ota-onam, akam oilasi, singlim (xali turmushga chiqmagan) mening oilam birga turamiz. Bizning daromadlarimiz bir joyda turadi (ota onam va singlimlarniki o‘zligida) shu o‘rtada yig‘ilgan pullardan zakot beriladi. Savolim: Shu beriladigan zakotni kimning nomidam beriladi? 2). Agar bir kishining nomidan bo‘lsa, qay tartibda? Oldindan kattakon rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Savol: Oilaviy jamg‘armasi o‘rtada bo‘lgan aka-ukalar qay tarzda zakot beradilar?
Javob: Agar o‘rtada to‘plangan mablag‘ aka-ukalarga taqsim qilinsa, har biriga nisob miqdoricha mablag‘ tegsa, ularning har biriga zakot vojib bo‘ladi. Mavjud mablag‘ning ikki yarim foizini zakot qilib beradilar. الزَّكَاةُ وَاجِبَةٌ عَلَى الْحُرِّ الْعَاقِلِ الْبَالِغِ الْمُسْلِمِ إذَا مَلَكَ نِصَابًا مِلْكًا تَامًّا وَحَالَ عَلَيْهِ الْحَوْل “Zakot hur, oqil, bolig‘ musulmon zimmasiga vojib bo‘ladi. Agar nisobga to‘liq ega bo‘lib, bir yil aylangan bo‘lsa” (Hidoya). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 160 | Zakot