Shu jonliq go‘shti halolmi
Assalomu alaykum! Tafsiri hilol kitobida "...Johiliyat arablari o‘zlarining but sanamlariga atab jonliq so‘yishar va ularning qonlarini surtishar edi. Bunday hayvonlarning go‘shti garchi ular Allohning nomini aytib so‘yilgan bo‘lsa ham, butlarga atab so‘yilgani uchun haromdir..." deyilgan. Hozirgi vaqtda ko‘p uchraydigan holat: "Chiltan momolariga", "Eskichaga", "Kinnachilarga" va hokazolarga aynan shu narsalarini "yangilash" uchun jonliq so‘yishadi. Shunda u jonliqning go‘shti harom bo‘ladimi? Men ularga Allohdan boshqaga atab so‘yilgan har qanday jonliq go‘shti harom bo‘ladi desam ular so‘yayotganda Bismillahni aytyapti-ku, aytsa bo‘ldi halolda deyishyapti. Savolim shu so‘yilgan jonliq go‘shti halolmi yoki harommi? Agar harom bo‘lsa shu go‘sht qo‘shib tayyorlangan taom ham harom bo‘ladi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mutlaqo harom. U go‘sht qo‘shib tayyorlangan taomlar ham harom. Chunki qurbonlikni hammasi faqat va faqat Alloh taolo uchun bo‘lishi kerak. Ularni ishlari ham folbinning ishiga o‘xshaydi. Jinlarga sig‘inishga buyurib, orqasidan tahorat olib namoz o‘qing deyishiga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom