Hayotdagi sinovlar
Assalomu alaykum! Yaqin oradagi javobingizda, ayrim joylarda(bolnitsa) xavfsirab namoz o‘qiy olmayatgan insonlarga bergan javobingiz meni o‘ylantirib qo‘ydi.
Gap shundaki, xar doim shunday (sinovlar) bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi degansizlar. Naxot kengchiliklar bo‘lmaydi, nahotki har doim mushuk sichqon bo‘lib yuramiz, naxotki Islomiy hayot umumiylashmaydi. So‘zlaringizdan endi bir umr shunday davom etarkanda deb tushkunlikka tushish ham bo‘lganday. Taqvodor ulamolarga Alloh furqonni beradi ya’ni ular kelajakni to‘g‘ri baholay olishadi. Shu sababdan sizlardan chiqqan so‘zlar shaxsan men uchun ta’sirli. Sizlar shunday gumondamisizlar ya’ni doim namozxon ekanimizni aytolmay va namoz o‘qkishga ruxsat berilmaydigan joylarda ishlaga bora olmay yoki ishdan xaydalib yuraverarkanmizda deb o‘ylantirib qo‘yadi. Meni kechiringlar bu so‘zlarim uchun aziz ustozlarim!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi kengchilikni ham tanglikni ham parvo qilmaydigan bo‘lishi kerak. Hamma vaqt Robbisining rozi qilish maqsadida bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda juda ko‘pchilik “biz ham keksayganimizda namoz o‘qiymiz, pulimiz ko‘payganida sadaqa qilamiz, tazyiqlar bo‘lmasa avratlarimizni to‘liq berkitamiz” degan fikrda bo‘ladilar. Bu mutlaqo xatodir. Musulmon va muslima kengchilikda ham tanglikda ham, yoshlikda-yu qarilikda qo‘lidan kelganicha ibodatini qilib qolishi kerak. Aslini olib qaralganda o‘sha tanglik paytida qilingan sadaqotning savobi, qiyinchilik bo‘lib turgan paytda ushlangan taqvoni, yoshlikda qilingan ibodatni savobi ulkan bo‘ladi. Tushkunlikka tushmang, zero Alloh taolo “Oli Imron” surasida quyidagicha marhamat qilgan: وَلاَ تَهِنُوا وَلاَ تَحْزَنُوا وَأَنتُمُ الأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ 139. Bo‘shashmanglar! Mahzun bo‘lmanglar! Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, sizlar ustunsizlar. Ey musulmonlar! Hech bo‘shashmanglar, zaiflashmanglar, sizga etgan musibatlarga, boshingizga tushgan og‘irliklarga xafa bo‘lmanglar: «Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, sizlar ustunsizlar». Chunki aqiydalaringiz ustun, pok, oliy. Yagona Allohga ishonasizlar va Unga bandalik qilasizlar. Ular esa turli-tuman but-sanamlarga, urf-odatlarga, o‘zlariga o‘xshagan odamlarga e’tiqod etadilar va o‘shalarning roziligini topish ilinjida ibodat qiladilar. Sizlarning hayot yo‘llanmangiz Alloh taoloning huzuridandir. Ular esa o‘zlari tuzib olgan yoki o‘zlariga o‘xshagan odamlardan olingan «yo‘llanma»ga amal qiladilar. Sizlar Allohning er yuzidagi xalifalarisiz. Ular hayotining mazmuni eb-ichishdan iborat bo‘lgan hayvon misolidirlar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga da’vat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar. Agar sizlar haqiqiy iymonli bo‘lsangiz, doimo ustunsiz. Agar siz haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz, bo‘shashmang va xafa bo‘lmang. Tarix davomida musulmonlar haqiqiy iymonli bo‘lgan chog‘larida va bu haqiqatni o‘zlari tushunib etgan davrlarida doimo ustun bo‘lganlar. Agarchi harbiy jihatdan, kuch-quvvat bobida mag‘lubiyatga uchrab turgan bo‘lsalar ham. Islom olami boshiga ko‘p musibatlar tushgan. Masalan, mo‘g‘ullar Islom olamining ko‘p qismini bosib olib, uzoq muddat o‘z hukmlarini o‘tkazdilar. Musulmonlar harbiy jihatdan mag‘lub bo‘lganlariga qaramay, g‘olib mo‘g‘ullarga nisbatan o‘zlarini ustun his qilar edilar. O‘zlarini haqiqiy mo‘minlar deb bilib, mo‘g‘ullarni kofir-mushrik, hech narsaga arzimaydigan bir past xalq deb tushunishardi. Aqiyda, axloq, odob, insoniy muomalalar, ibodat va boshqa ko‘pgina masalalarda o‘zlarida ilohiy ko‘rsatmalar borligi ila faxrlanishar va dushmanlariga yuqoridan qarashar edi. Ayni chog‘da, o‘zlaridan o‘tgan ba’zi kamchiliklar uchun boshlariga musibat etganini, shu bois mo‘g‘ullardan mag‘lub bo‘lganliklarini tushunib, o‘sha kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilganlar. Bunga yuz yillab vaqt kerak bo‘lgan. Oxiri musulmonlar mo‘g‘ullarni engib, o‘z hukmlarini qayta tikladilar. G‘olib xalq dunyo tarixida birinchi bor mag‘lub xalqning diniga kirdi. Xuddi shunga o‘xshash hodisa salbchilar ustida ham bo‘ldi. Evropalik masihiy bosqinchilar katta kuch bilan Islom olamining qalbini bosib oldilar. Ular er yuzida bitta ham musulmonni qo‘ymaslikni o‘zlariga maqsad qilib olgan edilar. Harbiy jihatdan g‘olib chiqqan taraf sifatida yuz yillar davomida mazkur maqsadlarini amalga oshirish uchun qattiq tirishdilar. Musulmonlar esa ularga yuqoridan qarar, o‘zlarini ustun sezar edilar. Ularga zalolatga ketgan kofirlar, iymondan bebahra bechoralar deb qarardilar. Oqibatda musulmonlar o‘z hukmlarini qayta tikladilar va aksincha, bosqinchilarning ko‘plari Islomni qabul qilib, musulmon bo‘ldilar. Hozirgi kun musulmonlari aynan ushbu his-tuyg‘uga, haqiqiy mo‘minlikni va shu tufayli boshqalardan ustun ekanliklarini tushunib etishga muhtojdirlar. Ey musulmonlar! Agar haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz, bo‘shashmang, xafa bo‘lmang, dunyoning ishi o‘zi shunday. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 144 | Islam