Sufyoni Savriy nima uchun "Savriy" deb nomlangan?

Tojikistonlik imom Hoji Mirzo hazratlari bir ma’ruzalarida Sufyoni Savriy haqlarida gapirib turib "Savr" ya’ni ho‘kiz laqabini olishlari sababini aytdilar. U kishini aytishicha, bir kuni Sufyoni Savriy xayol bilan masjidga chap oyoqlari bilan kirgan ekanlar, shu payt g‘oyibdan: "Ey Savr" ya’ni, ey ho‘kiz deb nido kelibdi. U kishi qilgan xatolarini tushunib afsus chekibdilar, masjiddan chiqqanlarida, kishilar: "Imom Sufyon" deb murojaat qilishganda, meni Sufyoni Savriy denglar, degan ekanlar. Shu gaplar qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmoqchiydik. Bu gap haqiqatga yaqinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Sufyoni Savriy hijriy 97 (mil. 716) yil Kufada tug‘ilib, 161 (mil. 778) yil vafot etgan.To‘liq ismi sharifi: Abu Abdulloh Sufyon ibn Sa’id ibn Masruq Savriy Kufiy.Hadis fanida mo‘minlar amiri unvoniga ega, shayxul Islom, imomul huffoz, mujtahid, “Al-jome’” kitobi muallifi, o‘z zamonasidagi ilmiga amal qiluvchi olimlarning sayyidi bo‘lgan.Sufyoni Savriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘n ettinchi bobolari Ilyos ibn Muzarning chevarasi Savr ibn Abdumanot avlodiga mansub bo‘lgani uchun “Savriy” deyiladi!Manbalar:Zirikliy, “Al-a’lom”, 3/104;Diynavariy, “Al-ma’orif”, 1/114;“Al-mavsu’atul fiqhiyatul kuvaytiya”, 1/345;“Al-mavsu’atul arabiyatul olamiya”, 1;“Al-vofiy fil vafayot”, 2089; “Siyratu Sufyoni Savriy”, 1/3.

1 May 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 205 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar