Ruxsat hammagami?

1. Hazrat sizning "youtube.com" saytidagi video darslaringiz va boshqa internet tarmoqlaridagi foto suratlaringizni ko‘chirish mumkinmi deb so‘raganlarga "mayli" deb ruxsat bergansiz. Bu har bir so‘ragan odamning o‘zi uchunmi yoki hammaga mumkinmi? Menga ham ruxsat bering iltimos.
2. Sizning "Al-adabul al-Mufrad" kitobi sharhi, "Hadis va hayot"ning Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumlarga atalgan bobi (radiodan yozib olingan ekan) va savollarga bergan javoblaringizni bir do‘stimdan ko‘chirib olgandim. Ularni eshitsam ruxsatmi yoki o‘chirib tashlaymi? Agar o‘chirish kerak bo‘lsa hech bo‘lmasa savollarga javoblarni olib qolsam bo‘ladimi? Menimcha savol javob disklaringiz sotuvda yo‘q.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ruxsat.

26 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar