Nojoiz daromaddan harid qilingan kiyimda nomoz o‘qish
Olamlarni yaratgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar va Uning sevikli rasuli Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu durudlar bo‘lsin! Sizga ikki dunyo saodatini tilayman. Alloh Din yulida qilayotgan ishlarizga ajrini ko‘paytirib yozsin Amin. Sizni bezovta qilganimga va savolim takroriy yoki noo‘rin yozilgan bo‘lsa oldindan uzr so‘riman. Savol javob ruknidan savolimga javob topa olmadim. Men 6-7 yil mobaynida axoliga "Kompyuter o‘yinlari" soxasida xizmat ko‘rsatdim. Hozirda bu faoliyatimni to‘xtatganman. Shu sayt orqali berilgan savollarga sizning javoblarizdan bu faoliyatni nojoiz ekanligini bilib oldim. Savol; 1. Shu vaqtlar ichida qilgan ibodatlarim Hukmi nima bo‘ladi? 2. Hozirda o‘sha nojoiz darommaddan harid qilingan kiyimlarda namoz o‘qish mumkinmi? Menga sizni javobingiz juda ham muhim! Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ibodatlar insha Alloh qabul. Kiyimlarda namoz o‘qish joiz.
26 May 2022, 21:28 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ibodatlar insha Alloh qabul. Kiyimlarda namoz o‘qish joiz.
26 May 2022, 21:28 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar