Sun’iy tish va qoplama qo‘yayotganda shifokorning tahorati bo‘lishi

Olamlarni yaratgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar va Uning sevikli rasuli Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu durudlar bo‘lsin! Sizga ikki dunyo saodatini tilayman. Alloh Din yo‘lida qilayotgan ishlarizga ajrini ko‘paytirib yozsin Amin.
Sizni bezovta qilganimga va savolim takroriy yoki noo‘rin yozilgan bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Savol javob ruknidan savolimga javob topa olmadim.
Tish shifokori sun’iy tish qo‘yganda yoki tishga plomba qo‘yganda tahorati bo‘lishi kerak degan maqolani o‘qib qoldim.
Men 6-7 yil oldin 3ta tishimni temirdan qoplatgan edim. Hozirda 3-4 ta tishimga plomba qo‘yilgan. Men o‘sha tishlarimni qoplatish vaqtida va davolatish vaqtida tish shifokorini tahorati bo‘lishi kerakligini bilmagandim.
Savol;
1. U tishlarni nima qilish kerak ?
2. Men o‘qigan namozlarim va keyingi namozlarim hukmi qanday bo‘ladi?
Menga sizni javobingiz juda ham muhim!
Javobingiz uchun oldindan tashakkur.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tish shifokori tahoratli bo‘lishi shart emas.

26 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar