Yana sarroflik haqida
Bismillahi Rohmani Rohiym. Lutfan ushbu savolni o‘chirib tashlamanglar! Izlash xizmatidan foydalandim. Ushbu savolga juda o‘xshash savollar bor lekin sharoitlari o‘zgacha va menimcha berilgan javoblar ushbu savolga javob bo‘la olmaydi. Shu masalada yaqinda savol bergandim o‘chirib tashlanibdi. xurmatli Shayx Hazratlari! Alloh umringizni ziyoda va dinga xizmatda bardavom etib, oxiratda Firdavs jannatidan joy ato etsin! Bir shaxs ikkinchi shasga xorijiy valyutani berib so‘mga almashtirib qo‘yishini so‘rasa, ikkinchi shaxs uchinchi shaxsdan oldi berdini ayrilmasdan, ya’ni qo‘lma qo‘l qilib almashtirsa va birinchi shaxsga so‘mni bersa uchchala shaxsgayam joizmi? Alloh Sizdan toabad rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oradagi shaxsni vakil qilsa, u almashtirib bersa bo‘ladi.
26 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oradagi shaxsni vakil qilsa, u almashtirib bersa bo‘ladi.
26 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar