Ribo alomati bormi?

Assalomu alaykum! 1-xolat. Bir insondan 5000 oldim, ikki yilda 7200 qilib qaytarish sharti bilan. Bilamizki bu ochiq ribo. 2-xolat. Bir insonga aytdim: o‘zimga tegishli bo‘lgan avtomashinamni sizga, xolis guvoxlar ishtirokida 5000ga sotaman, sharti shuki pulini 24 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan (jami 7200) xuddi shu mulkni qayta sotib olaman, vaqtida to‘lamasam borozga olib chiqib sotamiz, qarzni uzaman, qarzdan qolgani o‘zimniki. Ortiqcha qog‘ozbozlik va xarajat bo‘lmasligi uchun mashinamni sizning nomingizga o‘tkazib bermayman, ammo shar’an mashina sizniki. Xamma pul to‘langanidan so‘ng mashina avvalgidek o‘z nomimda qolaveradi, shar’an menga o‘tadi. Ikkinchi xolat xam xuddi birinchi xolatdek ribo xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham sudxo‘rlikni ayni o‘zi. Siz o‘zingiz muddatga sotgan narsangiz muddati tugamasidan o‘zingiz qaytarib ololmaysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 203 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar