Chumoli yog‘i

Assalomu alaykum! Bitta dugonamni iltimosi bilan yozmoqdaman. Ularni qizi 12 yoshida ayni damda balog‘atlik davrda tuk chiqadigan joylariga tuk chiqmasligi maqsadida kimningdir maslahati ila chumoli yog‘i ishlatayotgan ekanlar. Shu ish shariatda qanchalik to‘g‘ri deyaptila. Shunaqa yo‘l bilan tuk chiqmasligini oldini olish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Chumoli iste’moli shar’an harom bo‘lgan hashorat. Shuning uchun uni badanga zaruratsiz surtish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 181 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar