Pensiya jamg‘armasi

Assalomu alaykum! Bir yaqinim aytib qoldi. Davlat tomonidan pensiya jamg‘armasiga oid qaror chiqgan ekan. Xech qaerda ishlamaydigan mehnat daftarchasi yo‘q bo‘lgan shahs Davlatga, 1 yilga 1 minimalka miqdorida pul to‘lasa pensiya yoshiga etgunicha xar yili to‘lov qilib yursa pensiya yoshiga etganda davlat tomonidan u shahsga pensiya xisoblab xar oy pensiya berar ekan. Savolim: bunday qilish dinimizga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘laganicha olishi joiz, to‘laganidan ortig‘ini olishi joiz emas. Bu davlatga pul berib keyinroq olishda qadri tushsa ustamasi bilan qaytarib olish bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar