Rozilikni shartga bog‘lash

Assalomu alaykum! Turmush turganimga 3 yil bo‘ldi. Bir farzandim bor. Oila muqqadligi uchun ham barcha boshimdan o‘tganlarga sabr qildim. Chunki ajri Allohning huzuridalagini bilaman. Ammo yaqinda turmush o‘rtog‘im "Agar opamni rozi qilmasang men sendan rozi bo‘lmayman" deb shart qo‘ydi. Vaholanki qaynopam biroz noshukrroq. Chunki unga har qancha qilsak ham qilmagansizlar deb turaveradi. Ta’magirligi ham bor. Kelin bo‘lsin menga u olib bermadiz bu olib bermadiz deydi ba’zan. Men ishlamayman. Hatto o‘zimning harajatlarimni ham erim qolibg ota onam qiladi. Ikkilanib qildim. Erimga so‘zingizni qaytib oling desam ko‘nmayapti. Bilamanki ayol kishi eridan so‘raladi qiyomatda. Endi nima qilishim kerak. Erim rozi bo‘lmasligini bilganim uchun ajrashaymi? Yoki gapini qaytarib olishini kutaymi? Iltimos yordam beringlar, Juda qiynalib ketdim. Chunki erim rozi bo‘lmasa jannatga kirolmasam, erim esa roziligini opasining roziligiga bog‘lagan bo‘lsa. Endi nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er xotiniga bunday shart qo‘yishga haqqi yo‘q. Opasini o‘zi rozi qilsin. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 09:55 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar