Zulm qilganning kaforati

Shayxa hazratlari Hazrat xarbiy xizmat vaqtida va talabalik davrimda xullas qalbimga iymon nuri charaqlamagunga qadar g‘aflatda bo‘lib, insonlarga ozor berganma va bilib bilmay zulm qilganman. Xozir ichi etimini tirnab nomozlarda Allohdan gunohlarimni maxfirat qilishini so‘rayman. Lekin oxiratda bandani xaqini Alloh bandani uziga quyib berishini bilaman. Zulm qilgan insonlarimni hozir boshqa viloyatlardan bo‘lmasam ularning topishining iloji ham yuq shunga shu zulmning kaforati bormi. Qalbimdagi istirob qiynamoqda. Iltimos haqimga duo qiling Alloh gunohlarimni maxfirat qilib, iymonda sobitqadam qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tavba qilasiz. Nadomat chekasiz. Mazlumni topa olmasangiz, nafl ibodat va sadaqalar qiling.

26 May 2022, 21:48 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar