Sayoxatdagi ro‘za

muxtaram hazrat. Onam Ramazon oyida dam olgani Zomin sanatoriyasiga ketgandilar. Ularni olib kelish uchun ukam borishi kerak edi. Rejalari buyicha 3 kunda, ya’ni borib 1 kun turib kaytib kelishmokchi edi. Men unga, sayoxatga ketadigan odam 3 kundan kam turishni rejalashtirgan bo‘lsa, ro‘za tutmasligini, keyin qarz qilib tutishini aytdim. Keyin, turmush o‘rtog‘im, Sizning ma’ruzalaringizdan birida, mashinasida qulayliklari bor odamlar yo‘lda ham ro‘za tutishi kerakligini eshitganlarini aytdilar. Men ukamga ro‘zani tutishing kerak ekan dedim (mashinasi Toyota). U menga sen aytganing uchun tutmadim, agar bilganimda ro‘za tutardim dedi. Shu xolatda ro‘zani qarzini qanday tutishi kerak? Men aybdor bo‘lamanmi uning ro‘za tutmaganiga?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Safarda ro‘zani tutmagan odam bir kuniga bir kun qazo qilib tutadi. Siz ibodatlar to‘g‘risidagi boshlang‘ich kitoblarni takrorlab o‘qing. Ulardagi so‘zlarni aytishni, yozishni o‘rganing, hammasi yaxshi bo‘ladi.

26 May 2022, 21:48 | Savol-javoblar | 144 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar