Turli masalalar
Assalomu alaykum! 1) Ma’lumki taxoratni bir farzida boshni uchdan biriga masx tortishlik farz deyilgan. Ushbu farzda boshga deyilganmi yoki sochgami? Erkak kishilarni xam sochlari o‘sib ketganlari borligi uchun so‘radim. 2). Alloh taolo albatta barcha insonlarni O‘z fazli bilan jannatga kirgizadi, lekin shu orada savol tug‘iladi unda bandaga savob nima uchun kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bosh degani soch o‘sib turgan joy. Boshga mash tortganida o‘z-o‘zidan sochga ham mash tortiladi.
2). Jannatning cheki yo‘q, martabasining cheki yo‘q, ne’matlarining cheki yo‘q. Amallar o‘sha maqom va o‘sha ne’matlarga erishish uchun. Shuning uchun hadislarda masjid qurganga evaziga jannatdan bir qasr qurilishi, yana ba’zi bir amallarga yana shu kabi mukofotlar berilishi aytilgan. عن جابر رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : مَنْ قَالَ : سُبْحَانَ اللهِ العَظِيمِ وَبِحَمْدِهِ ، غُرِسَتْ لَهُ نَخْلَةٌ فِي الجَنَّةِ رواه الترمذي Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Kim Subhaanalloohil ’aziymi vabihamdih desa u uchun jannatda bir hurmo daraxti ekiladi” deganlar. Termiziy rivoyati.
Inson Allohni rozi qiladigan shu kabi amallarni bajarib oxiratda o‘ziga joy tayyorlash uchun bu dunyoga keladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar