Avtosalonda ishlash

Shayx hazratlari, biz hozirgi kunda Shimoliy Amerikada muhojirlikda yashab kelmoqdamiz . Mening turmush o‘rtog‘im avtosalonda avtomashina sotuvchisi bo‘lib ishlaydi. G‘arb davlatlarida avtomashinalar asosan kredit asosida sotib olinadi mijozlar tomonidan . Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod, avtosalon va bank birgalikda kelishib ishlashadi. Avtozavod mashinalarni avtosalonga sotuvga junatadi, avtosalon esa mijozlar topib , mahsulot va sotib olish yullarini tushuntiradi. Avtosalon xaridorning moliyaviy ahvolini (kredit history) tekshirish uchun bankka murojaat qiladi. Bank rozilik bergandan keyin ma’lum miqdorda xaridor uchun kredit ajratadi va avtosalondan mashinani sotib oladi. Xaridor avtosalondan mashinani olib chiqqandan keyin bank bilan uzaro ma’lum muddatgacha ma’lum narxda shartnoma imzolab oyma-oy tulab boradi va avtosalon bilan hech qanday aloqasi qolmaydi. Avtomashina sotuvchisining vazifasi mijozlarni kutib olish , mashinalar haqida ma’lumot berish va moliyaviy sotib olish yullarini tushuntirish hisoblanadi. Shunday holatda mashina sotuvchisi riboga aralashgan bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni o‘sha erdagi ulamolardan so‘ranglar.

26 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar