3882 bo‘icha tushunmovchilik
Assalomu alaykum! 3882-savolga takroran bir xil javob qayrtaribsilar. Menicha yanglishish bo‘lyabdi. Chunki bu erda gap nonning miqdori va go‘shtning kgmiga o‘ynalgan kassa xaqida ketyabdi uning baxosiga emas(chunki narx ko‘tarilib yoki tushib turadi). Shu xolatni insonlar inobatga olgan xolda miqdorni afzal tutadilar. Bu narsa dollarning masalasi bilan bir xil ya’ni dollarni soniga qarab kassa o‘ynaladi uning qiymatiga emas. Bu narsani o‘zilar xam tasdiqlagansilar. Yana bir xikoyada eshitgandim bir odamni 1 ta qo‘yi boshqa insonda qolib ketadi ancha yildan keyin qaytib kelib xaligi qo‘yini so‘rasa u inson butun boshli podani ko‘rsatadi seniki deb. Shunda qaytarib oluvchi xayron bo‘lib meniki bitta ediyu axir desa u inson: ko‘rib turgan podang seni bitta qo‘yini zurriyodi deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda pulni kasodga uchrashi degan narsa bor. Bunday holatlarda pulni olgan vaqtdagi tilloning qiymati e’tiborga olinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalarning zamonalarida ham ba’zi bir narsalarning narxi oshib, ba’zi bir narsalarning narxi tushishi bo‘lib turgan. Keyingi fuqaholar davrida bu kengroq miqyosda bo‘lgan. Dunyo iqtisodiyotida harajatlar savatchasi degan narsa bor. Unda narsalarni qimmatlagani yoki arzonlaganiga qarab o‘rtacha narxni belgilanadi. Shariatda esa bu narsa yo‘q. Albatta pulning qadrsizlanishi kasod darajasiga etsa berilgan vaqtdagi tilloning narxida belgilanishi bor. Dunyo iqtisodchilarining nazariyasini e’tiborga oladigan bo‘lsangiz buxankani qimmatlaganini hisobga olganidek piyozning arzonlashishini ham shu kunlardagi uzumning arzonlaganini ham hisobga olishingiz kerak. Qalampirni esa gapirmay qo‘yavering. Siz keltirgan hikoya taqvo yuzasidan qilingan ish hisoblanadi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/237
26 May 2022, 01:24 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar