Sherik

Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari! Men bir takvoli odam bilan ish boshlagandim. Sherikchilik sharti mendan pul tikish xolos, undan pul xam mexnat xam, foyda ziyon urtada deb kelishilgan. Men u ishga aralashmasdan fakat oyma oy foyda pulini olar edim, lekin keyingi vaktlarda sherigim foyda chikmayapti deb pul bermay kuydi. Men sherikchilikni tuxtatib pulni kaytarib olishni aytdim. U rozi buldi lekin pulni kaytishi uzokka chuzildi. Keyin men bilsam sherigim meni pulimni boshka ishga tikkan ekan, menga bu xakda aytmagan. Kelishgan ishimizdan chikayotgan foydani, oz bulsa xam uzini tikkan pulidan berayotgan ekan. Sherigim menga aytmay, meni pulimni men bilmagan boshka ishga tikib yuborish mumkinmi, bunda nima buladi? ALLOX ROZI BULSIN.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Pul talash masalasida ikki tarafni eshitmmay turib gap aytib bo‘lmaydi. Agar sheringiz ham siz aytgan gapni tasdiqlasa, keyin bir gap aytish mumkin.

7 May 2022, 02:59 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar