Oyoqlar yiring holatida qanday yuvish kerak?

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman: Ikkala oyog‘imning ustlarida 6-7 joydan yara chiqqan. Bu yaralar tahorat olib yuvganda yiringlab boryapti. Qadada o‘tirganda juda qiyin, oyoq og‘riydi. Ustoz tahoratni qanday ado etish kerak bu holatda? Davolanib bo‘lguncha, tayammum qilsa bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin sizdan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yara bor joyiga suv tegishi zarar qilsa, mash torting. Qa’dada oyoq og‘rimaydigan qilib o‘tirishga ruxsat.

26 May 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar