Nikoh buzulmaydimi

Assalomu alaykum! 2 yil oldin antibiotikdan zaharlanib disbakterioz va allergiya bo‘lib davollangan edim. Do‘kto‘rlar allergiyamni davollay olmadilar. Shunda tabibga davolanishga borganman. Tabib zaytun moyi ichirib qo‘li bilan tekshirib (seans qilib buyrak jigar qorin sohasini ushlab ko‘rib qaeringda nima bo‘layotganini aytadi) davolar ekan. 1-savolim Bu folbinlikka kirmaydimi? Keyin o‘sha tabib menga otangni vafotidan so‘ng stress(kinna kirganmush ichimga)ga tushgansan deb ,,O‘t-alas" yani olov bilan kina chiqaradigan odamni tavsiya qildi. Keyin o‘sha odam ikki kun olovni tanamga tekkazib (so‘ng suv separ ekan) ,,o‘t-alas" qildi. Savolim shuki 2-savolim Bu ish dinda mumkinmi?.. Bu ishni qildirib allohga shirk keltirmadimmikin? Nikohim buzulmadimikin degan o‘y-fikr miyyamdan ketmayabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishni kufr deyolmaymiz, ammo ahmoqlik ekanligida shak-shubha yo‘q. Nikohingiz bu bilan buzilmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 162 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar