Sajdai sahv qilish kerakmi yoki qayta o‘qish kerakmi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Savol berib qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr. Savolim quyidagicha: ikki rakatli nafl o‘qiyotgan kishi adashib, birinchi rakatdayoq o‘tirib tashahhudni o‘qisa va salovotga kelganda bu birinchi rakatligi esiga tushib qolsa, turib ikkinchi rakatni o‘qib davom ettirib sajdai sahv qiladimi yoki birinchi rakatdayok tashahhud miqdoricha o‘tirgani, ya’ni farz amalni ziyoda qilgani uchun namozni qayta o‘qiydimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur! Baxtimizga Alloh taolo umringizni ziyoda va barokotli qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sahv sajdasi qiladi.

26 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar