Guvoxlik berish

Assalomu alaykum! Bir xodisa ustida guvox bo‘lib qolsam. Aytaylik avtoxalokat bo‘lgan xolatda. Xodisa joyida ayb xaydovchida bo‘lsa biz xaydovchiga qarshi guvoxlik bersak xaydovchiga nisbatan zulm qilgan bo‘lmaymizmi? Bergan guvoxligimiz yoki xaydovchiga yoki yo‘lovchiga qarshi bo‘ladi. Bu xolatda nima qilganimiz ma’qul? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat bo‘yicha yolg‘on gapirish harom. Shunday ekan siz biror ishga guvoh bo‘lsangiz va sizdan u haqida so‘rashsa bo‘lgan va ko‘rgan narsangizni aytishingiz lozim bo‘ladi. Unda birovga zulm bo‘lmaydi, yolg‘on guvohlik bersangiz shu katta gunoh. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar