Duoda xatolik bormi?

Assalomu alaykum! Ikkita masjidning imomlari juma kuni quyidagi ma’nodagi duoni qildilar: Allohim! Ushbu bemorlarga O‘zingni shifoxonangdan shifo jo‘nat.
Ustozlar, ushbu duo aqiydaga xilof emasmi, deb o‘ylab qoldim. Shunday deb duo qilish noto‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu, duoda haddan oshishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shifo so‘rash borasida kelgan duolarining o‘zi bizga kifoya qiladi. O‘zimiz tarfimizdan ortiqcha to‘qishga hojat yo‘q. Xususan omi insonlarni xayoliga turli fikrlar kelishiga sabab bo‘ladi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ لثَابِتٍ حِيْنَ قَالَ لَهُ اشْتَكَيْتُ: أَلَا أَرْقِيكَ بِرُقْيَةِ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم؟ قَالَ: بَلَى، قَالَ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ مُذْهِبَ الْبَأْسِ اشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شَافِيَ إِلَّا أَنْتَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi o‘ziga «Tobim yo‘q», degan Sobitga: «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dam solishlari ila dam solib qo‘yaymi?» dedi. «Ha», dedi u. «Allohumma! Robbannasi, muzhibal ba’si. Ishfi. Antash-shaafiy. Laa shaafiya illaa anta. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi». To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Mazkur dam solish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng mashhur dam solishlaridir. Uning ma’nosi quyidagicha: «Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkazguvchi! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. O‘zingdan o‘zga shifo beruvchi yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 156 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar