Porami yoki xadya?
Assalomu alaykum! Ammam maxallada kotiba bo‘lib ishlaydilar, oila boquvchilar, o‘g‘illari, erlari yo‘q, qaytib kelgan qizlari va nabiralari bor. Oladigan oyliklari kam, lekin yashash sharoitlari yaxshi, asosan daromadlari maxallaga ma’lumotnoma uchun chiqgan, yoki bola puli, yoki tavsifnomalar qilib berganlari uchun, odamlar o‘zi chin dildan xadya deb tashlab ketar ekan. Bu olganingiz pora bilan xukmi bir desam, menda etimlarim bor menga mumkun deydilar. Savolim shuki biz ularnikiga mexmonga borganimizda, ularni dasturxonidan taom eyishimiz mumkinmi, yoki yo‘lini qilib emaganimiz yaxshimi? Ancha da’vat qildik, xarom yo‘l bilan pul topmang, biz qarashamiz deb, lekin senlar berganing menga kamlik qiladi, men topadigan pulni bermaysanlar baribir deydilar. Biz da’vatda davom etganimiz yaxshimi yoki uzoqlashganimizmi? Maxallaga muxtojlarga deb ajratilgan oziq ovqat va kiyim kechaklarni xam birinchi o‘zlariga oladila, menda xam etim bor deb, lekin yashash sharoitlari muxtojlarnikidak emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tama qilmasalar, bermaganga boshqacha muomala qilmasalar, joiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tama qilmasalar, bermaganga boshqacha muomala qilmasalar, joiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar