Bir pul muomalasi haqida

Assalamu Alaykum hurmatli shayx xazratlari, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin va bizga ham foydali ilm ato qilsin. Bir tanishim sizdan savol so‘rab berishimni iltimos qilgandilar. Ijozatingiz bilan so‘rasam: "Bir odamning damas mashinasi bor va u hozir pulga muhtoj. Boshqa odamda esa pul bor. Shu ikkalasi mana bunday kelishuv qilishmoqchi ekan: Puli bor odam $10000 pulni damas egasiga beradi lekin hech qanday hujjat rasmiylashtirilmagan holda. Lekin damas egasida (avvalgi egasida, pul berganda emas) qoladi va u ikki yildan keyin $12000 berib damasini huddiki qayta sotib oladi. Shu kelishuv joizmi? Agar nojoiz bo‘lsa shu vaziyatni tog‘ri hal qilish haqida maslahat bersangiz. Oldindan raxmat"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu joiz emas. Pulni qarzi hasan qilib bersin. Ustiga foyda olmasin.

26 May 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar