Ekzo deril lak

Assalomu alaykum! Bir tanishimning oyoq bosh barmog‘ining tirnog‘i etni ichiga kirib ketib o‘sadi, vaqtida shifokorga borib oldirib turilmasa yiringlab shishib ketadi Yaqnda oldirib kelgan edi lekin kop tahorat qilyotganda ustiga bint o‘ralsayam yuvaveribdi namga tirnoq battar tez o‘sarkan ham gribokni boshlanish alomatlari bor debdi Shunga shifokor ekzo deril lak deb nomlangan suyuq dorili lak surishni tavsiya qilibdi U oyoqning hamma barmoq tirnoqlariga surilarkan Tanishim endi tahorat paytida qanday yo‘l tutishni bilmayapti Bosh barmoqqa bint o‘rab tuzalgunicha mash tortib tursa bo‘ladi deb o‘qigandim Lekin boshqa barmoqlargayam dorili lak surilsa tahorat o‘tadimi? Tanishim xozr namozlarini to‘xtatib turibdi Men buni xohlamiyapman lekin lakni surmang ham deyolmadim iltimos maslahat bering namozlariga halal bermasdan davolanishning biror chorasi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha lakning suv o‘tkazishi-o‘tkazmasligini aniqlang. Agar suv o‘tkazsa, joiz. Qolaversa, siz aytayotgan dorining boshqa shakllari ham mavjud. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 182 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar