taloq tartibi
Shayh Janoblari! Taloqni qanday berilsa shariatga muvofiq bo‘ladi, tartibi qanaqa? Bir martadan taloq berib uch hayz kurib undan poklanadi shungacha kutish kerak deb eshitdim. Ajralishimiz muqarrar, bir taloq bilan ajralsa bo‘ladimi yoki uch taloq quyish shartmi? Iltimos, tartibini tushuntirib bering. Javobingiz uchun rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sunniy taloq Taloqning hasani – yaxshisi, sunniy ham deyiladi, u duxul – qilinmagan ayolni hayzida bo‘lsa ham bir taloq qo‘yish; duxul qilingan ayolni, u hayz ko‘radigan bo‘lsa, uch taloqni bittadan yaqinliksiz uch poklikda; kichikligi yoki noumid bo‘lgani uchun hayz ko‘rmaydigan va homilador bo‘lsa yaqinlik qilgan bo‘lsa ham uch oyda qilishdir. Taloqning ikkinchi turi hasan taloq bo‘lib uni «sunniy taloq» ham deb ataladi. Bunda ayolning duxul qilingan yoki qilinmaganiga hamda hayzu nifos ko‘rish yoki ko‘rmaligiga qarab turli holatlar bo‘ladi. Agar ayol duxul qilinmagan, ya’ni, aqdi nikohdan keyin er unga erlik qilmagan bo‘lsa, hayzda bo‘lsa ham uch marta alohida-alohida taloq qilishi sunniy bo‘ladi. Ayollar yoshi kichik yoki katta bo‘lgani uchun va homilador bo‘lgani uchun hayz ko‘rmaydilar. Ularni uch oyda bittadan taloq qilsa, sunniy taloq qilgan bo‘ladi. Sunniy taloqning hayz va nifos ko‘radigan ayollarga nisbatan bo‘lishi–xotini hayz va nifosdan pok bo‘lganidan so‘ng, jinsiy yaqinlik qilmay turib bir taloq qo‘yishdir. Yana hayz ko‘rganidan so‘ng, jinsiy aloqa qilmay turib, yana bir taloq qo‘yiladi. Shunday qilib uchinchi martadan keyin uch taloq bo‘ladi. Taloqning sunniy–shariat ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishi uchun unda ikkita shart mavjud bo‘lishi kerak. Birinchi shart: Taloq ayol kishi hayz yoki nifosdan pok bo‘lganidan keyin, unga jinsiy yaqinlik qilmay turib qilinishi shart. Chunki, Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan: يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاء فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُوا الْعِدَّةَ وَاتَّقُوا اللَّهَ رَبَّكُمْ «Ey, Nabiy! Qachon ayollarni taloq qiladigan bo‘lsangiz, ularni iddalarini (oldidan) taloq qilinglar. Va iddani hisoblanglar va Allohdan, – Robbingizdan qo‘rqinglar», degan («Taloq» surasi, 1-oyat). Ayollarning iddasi hayz yoki nifosdan keyin boshlanadi. Shuning uchun, hayz va nifos vaqtida xotinni taloq qilish harom bo‘ladi. Alloh taoloning amriga xilof bo‘lgan har bir ish haromdir. Buning ustiga, ayol kishi hayz yoki nifos ko‘rib turgan paytida noziklashib, og‘ir holatni boshidan kechirayotgan bo‘ladi. O‘shandoq vaqtda taloq qilish dard ustiga chipqon bo‘ladi. Shu bilan birga, hayz va nifos paytida er xotiniga yaqinlasha olmay, nafrat qilib turgan bo‘ladi. Uni taloq qilishi oson bo‘ladi. Eng muhimi, hayz va nifos vaqtida taloq qilib bo‘lmaydi, sabr qilib turay, deb kutib turib, u vaqt kelguncha achchig‘idan tushib, niyatidan qaytib, taloq qilmay qo‘yishi mumkin. Bu esa, ayni muddaodir. عَنْ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَسَأَلَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَسُولَ اللهِ r عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ: مُرْهُ فَلْيُرَاجِعْهَا ثُمَّ لِيُمْسِكْهَا حَتَّى تَطْهُرَ ثُمَّ تَحِيضَ ثُمَّ تَطْهُرَ ثُمَّ إِنْ شَاءَ أَمْسَكَ بَعْدُ وَإِنْ شَاءَ طَلَّقَ قَبْلَ أَنْ يَمَسَّ فَتِلْكَ الْعِدَّةُ الَّتِي أَمَرَ اللهُ أَنْ تُطَلَّقَ لَهَا النِّسَاءُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ التِّرْمِذِيَّ. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi xotinini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida hayz holida taloq qildi. Umar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so‘radi. Bas, u zot: «Unga buyur. U(ayol)ga qaytsin. So‘ngra uni o‘zi bilan tutsin. Toki (hayzdan) pok bo‘lib, so‘ngra yana bir hayz ko‘rib, pok bo‘lganidan keyin, agar xohlasa, o‘zi bilan olib qolsin, xohlasa, yaqinlik qilmay turib taloq qilsin. Ana o‘sha xotinlarni taloq qilish uchun Alloh amr qilgan iddadir», – dedilar». Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Ayol kishini hayz yoki nifos ko‘rib turgan paytda va jinsiy yaqinlik sodir bo‘lgan poklik davrida taloq qilish harom. Kim bu ishni qilsa, katta gunoh qilgan bo‘ladi. Ammo, shu bilan birga, to‘rt mazhab bo‘yicha ham ushbu holatda taloq tushishi ta’kidlangan. Ikkinchi shart: Ya’ni, taloqning sunniy–shariat ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ikki shartdan ikkinchisi, taloqning bittadan ortiq bo‘lmasligidir. Ulamolarimiz bu shartga dalil qilib Alloh taoloning «Baqara» surasidagi: الطَّلاَقُ مَرَّتَانِ فَإِمْسَاكٌ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحٌ بِإِحْسَانٍ «Taloq ikki martadir. So‘ngra yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo‘yib yuborish» (229-oyat) degan oyatini keltiradilar. Ushbu oyatdan «Birdaniga uch taloq qo‘yib bo‘lmaydi», degan ma’no chiqadi. Ya’ni, ikki marta–avval bir marta qo‘yib, yarashsa, keyin yana bir marta qo‘yib yarashsa, bo‘ladi. Undan so‘ng ham yaxshilikcha ushlab qolish mumkin. Xotinni bittadan ortiq taloq qilish harom ekanligiga quyidagi hadisi sharif ham kuchli dalil hisoblanadi: وَقَالَ مَحْمُودُ بْنُ لَبِيدٍ أُخْبِرَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم عَنْ رَجُلٍ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ ثَلاَثَ تَطْلِيقَاتٍ جَمِيعًا فَقَامَ غَضْبَانًا ثُمَّ قَالَ: أَيُلْعَبُ بِكِتَابِ اللهِ وَأَنَا بَيْنَ أَظْهُرِكُمْ حَتَّى قَامَ رَجُلٌ وَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ أَلاَ أَقْتُلُهُ. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ. Mahmud ibn Labiyd roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir kishi o‘z xotinini jam’lab uch taloq qo‘ygani xabar qilindi. Bas, u zot g‘azablangan holda o‘rinlaridan turdilar-da, so‘ngra: «Men ichingizda turib, u Allohning kitobini o‘yin qiladimi? ! » – dedilar. Hattoki bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh! Uni qatl qilaymi? » – deb yubordi». Nasaiy rivoyat qilgan.
26 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 245 | Turli savollar